“O'ZAGROKIMYoHIMOYa” AJ TOMONIDAN "A'LO XIZMAT" TIZIMI IShGA TUShIRILMOQDA

“O'zagrokimyohimoya” AJ tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida joylardagi “Agrokimyohimoya” AJlar tizimida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi fermer, dehqon xo'jaliklari hamda shaxsiy tomorqa er egalariga o'simliklarni himoya qilish, agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatadigan "A'lo xizmat" (servis otryadlari) tizimini tashkil etish ishlari, jumladan, otryadlarni shakllantirish, ularni zarur texnika vositalari bilan ta'minlash hamda buyurtmanomalarni qabul qilish uchun “O'zbektelekom” AJ bilan hamkorlikda 200-09-10 intelektual raqamlaridan foydalanilgan holda “Call centr”ni tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

 

Bugungi kunda joylarda 42 ta, jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 7 ta, Qashqadaryo viloyatida 19 ta, Surxondaryo viloyatida 5 ta hamda Xorazm viloyatida 11 ta “A'lo xizmat” otryadlari tashkil etilib, ular uch g'ildirakli mototsikllar, bog' va motorli osma purkagichlari bilan ta'minlandi. Qolgan viloyat “Agrokimyohimoya” AJlarda servis otryadlarini shakllantirish ishlari olib borilmoqda