asosiy vazifalar va funktsiyalar

                                    Jamiyat vazifa va funksiyalari

                                                              UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan.
2. Bundan buyon matnda “jamiyat” deb ataluvchi «O‘zagrokimyoximoya» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 oktyabrdagi PQ-2640-sonli “Qishloq ho‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016 yil 04 noyabrdagi 04-k-PO-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.
3. Jamiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlariga, farmoyishlariga, boshqa normativ-xukukiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga muvofiq olib boradi.
4. Jamiyatning to‘lik firma nomi:

4.1. O‘zbek tilida:
lotin yozuvida: «O’zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati;
Kirill yozuvida: «O‘zagrokimyoximoya» aksiyadorlik jamiyati.
4.2. Rus tilida: Aksionernoye obщestvo « Uzagrokimyoximoya».
4.3. Ingliz tilida: Joint stock company « Uzagrokimyohimoya».
5. Jamiyatning kiskartirilgan nomi:
5.1. Uzbek tilida:
lotin yozuvida: « O’zagrokimyohimoya» AJ;
Kirill yozuvida: «O‘zagrokimyoximoya» AJ.
5.2. Rus tilida: AO «Uzagrokimyoximoya».
5.3. Ingliz tilida: JSC «Uzagrokimyohimoya».
6. Jamiyatning manzili:
- joylashgan yeri: Toshkent shaxar, Navoiy kuchasi, 38-uy.
- pochta manzili: Toshkent shaxar, Navoiy kuchasi, 38-uy.
7. Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzagrokimyohimoya.uz, uzagrokimvohimoya@uakh.uz.
8. Jamiyatning rasmiy korporagiv veb-sayti: www.uzagrokimyohimoya.uz.
I. JAMIYATNING HUQUQIY HOLATI, JAVOBGARLIGI
9. Jamiyat yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan aloxida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav kapitaliga berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
10. Jamiyat davlat ruyxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat faoliyat ko‘rsatish muddati cheklanmagan xolda tashkil etiladi.
11. Jamiyat O‘zbekistan Respublikasi hududida va undan tashqarida bank xisobvaraqlari ochishga haqlidir.
12. Jamiyat o‘zining firma nomi davlat tilida to‘lik yozilgan hamda joylashgan yeri ko‘rsatilgan yumalok muxrga ega bo‘lishi lozim. Muxrda bir vaqtning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda xam ko‘rsatilishi mumkin.
13. Jamiyat o‘zining nomi yozilgan shtamp va blankalarga, o‘z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarning. ishlarning va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalarga ega bo‘lishga haqli.
14. Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.
15. Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi va uning faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida koplash tavakkalchiligini o‘z zimmasiga oladi.
16. Aksiyalarning hakini to‘lik to‘lamagan aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladi.
17. Jamiyat o‘z aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
18. Agar jamiyatning bankrotligi jamiyat uchun majburiy bo‘lgan kursatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatida ish yuritayotgan shaxsning gayriqonuniy xarakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, mazkur aksiyadorning zimmasiga jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Aksiyador majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ushbu ustavida bu huquq nazarda tutilgan taqdirdagina ega bo‘ladi.
19. Jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish xuquqiga ega bo‘lgan aksiyador jamiyat muayyan xarakatni amalga oshirishi oqibatida bankrot bo‘lishini oldindan bila turib, ushbu xuquqidan jamiyat tomonidan shunday xarakat amalga oshirilishi uchun foydalangan taqdirdagina jamiyatning bankrotligi aksiyadorning xarakatlari tufayli yuzaga kelgan deb xisoblanadi.
20. «O‘zagrokimyoximoya» AJning ijro etuvchi apparata faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish dividendlar, ishlab-chikarish xujalik faoliyati tushumlaridan va boshka qonun xujjatlarida takiklanmagan boshka' manbalar xisobidan amalga oshiriladi.
II. JAMIYAT FAOLIYATINING SOXASI (ASOSIY YUNALISHLARI) VA MAQSADI
21. Jamiyat tijorat tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan foyda olishdir.
22. Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat kursatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
qishlok xo‘jaligini mineral o‘gitlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik ximoya qilish vositalari bilan ta’minlash. chigirtka, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish;
-qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalarini umumlashtirish yo‘li orqali mineral o‘gitlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik ximoya qilish vositalariga bo‘lgan talabning xar yilgi prognozlarini shakllantirish, shuningdek, mineral o‘gitlarni ishlab chiqarish va taqsimlashni. o‘simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlanishining xar yilgi balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
-belgilangan nazorat va signal maydonlarda radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, agrokimyo kartogrammalarni tuzgan holda, tuproq va qishloq xo‘jalik maxsulotlaridagi ogir metallar tuzlari va pestitsidlar, cho‘kindi qoldiklari, to‘plangan radionuklidlarni taxlil qilish: 
-tuproqni oziqlash moddalari ta’minotini hisobga olgan holda, qishlok xo‘jaligiga mineral o‘gitlarni differensial va agrokimyo kartogrammalarga qat’iyan muvofik ko‘rinishda yetkazib berishni ta’minlash;
-o‘simliklarni ximoya qilish, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlar bilan kurashish soxasida fermerlar va dexqon xo‘jaliklari, boshqa tashkilotlar xamda axoliga kompleksli argokimyo xizmatlarini ko‘rsatish, shakllantirilgan buyurtmalar va kafolat shartnomalariga muvofik qishloq xo‘jaligini mineral o‘gitlar bilan ta’minlash;
-qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashishning biologik usullarini keng ko‘lamda rivojlantirish va ko‘llashga ko‘maklashish, biomateriallar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, biolaboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish. biologik preparatlarni ishlab chiqarish;
-respublika xududida yer maydonlari, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining fitosanitar xolati ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va yovvoyi o‘tlarning rivojlanishi va ko‘payib ketishini prognozlashtirish va monitoring qilish, o‘simliklarni ximoya qilish bo‘yicha profilaktika va integratsiya chora-tadbirlarini o‘z vaqtida tashkillashtirishni ta’minlash.
-kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish. zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning tarqalishi imkoniyatlarini o‘rganish va prognoz qilish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini ximoyaning kimyoviy va biologik vositalari, stimulyatorlar bilan ta’minlash;
-qishloq xo‘jaligi korxonalari va axolini o‘simliklarni ximoya qilish soxasida metodik ta’minlash, qishloq xo‘jaligiga -agrokimyo xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni shartnoma shartlarida amalga oshirish;
-qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘ta xavfli zararkunandalarini qirib tashlashning ilmiy asoslangan tadbirlarini o‘tkazish;
-soxa raxbarlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan boshka faoliyat turlarini o‘rnatilgan tartibda amalga oshirishi mumkin.

 
wewe
 
wewewe
 
fdffd
 
fdffdff

dfdfdfdfdf